21-mart Navroz bayrami milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi . Butun o`zbek xalqi bu bayramni juda bir sog`inch , orziqish bilan kutib olishadi. Yurtimizning barcha jabhalarida Navroz ayyomi juda ham ko`tarinki ruhda keng nishonlanadi.

Shu jumladan bizning O’zbekiston tumani o`quvchilari ham bu bayramga bag`ishlab “ Assalom Navroz “ tadbirini keng miqiyosda nishonlashdi.

 

Tadbirda  Vatan, bahor fasli va Navro`zni madh etuvchi she`rlardan namunalar o`qidilar. Davraga Bahoroy, Navro`zoy va Quyosh bobo bilan Bo`ronvoylar tashrif buyurdilar. Bahoroy davraga bahoriy gullarni chorladi va ular o`zlarini she`riy ma`lumotlar bilan tanishtirdilar.

       Dehqonbobonig tadbirga tashrif buyurishi davrani yanada qizdirdi. Dehqonbobo bolalarni bayram bilan tabriklab , dala ishlarini boshlanishi haqida aytib, o`quvchilarga turli ko`chatlar tarqatib atrofimizni bog`u- bo`stonga aylantirishga chaqirdi.

 

            Tadbir so`ngida ustozlar va ota-onalar so`zga chiqib, o`z fikr mulohazalarini bildirib, barchani bayram bilan qutladilar.