O’zbekiston tumani  xalq ta’limi muassalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Tabiiy fanlar”oyligi munosabati bilan bajarilgan ishlar to’g’risida

        Bahor fasli turli bayramlarga ,tadbirlarga boy fasllardan biri hisoblanadi. Ushbu fasldagi mart oyi ham turli tadbirlarga boyligi bilan barchani, yosh-u qarinining dillarini quvonchga to’ldiradi. Mart oyi ayniqsa, o’quvchilarga bir olam quvonch , xursandchilik baxsh etadi.Chunki bu oy  maktablarda “ Tabiiy fanlar” oyligi deb e’lon qilingan. Shu sababli barcha maktablarda  “Tabiiy fanlar”oyligi ko’tarinki kayfiyatda, yuqori saviyada tashkillanadi.Shu jumladan bizning 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham bu fan oyligiga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rildi.Fan oyligi davomida  maktabimizda  fan oyligi burchaklari, ochiq darslar, turli xil bayram kechalari, ko’rik- tanlovlar o’tkazildi.Jumladan,10-mart kuni maktabimizda tahsil olayotgan 7-“A”  va 7-“B” sinflar o’rtasida “Mo’jizakor kimyo”  bellashuvi, 14-mart kuni “Tabiiy fanlar bilimdonlari”ko’rik-tanlovi,17-mart kuni “Gullar va qushlar”bayrami, tuman miqyosida  fan to’garaklari asosida devoriy  gazetalar ko’rik- tanlovi,  “Kimyo-biologiya fanlarini o’qitishda  lobarantning o’rni’ mavzusidagi o’quv seminari bo’lib o‘tdi.Shu kuni  maktabning ”Yosh  kimyogar”to’garagi qatnashchilari ishtirokida kimyo  fanidan ”Mo’jizakor kimyo”  tadbiri o’tkazildi.O’quvchilar  kimyo fanidan olgan bilimlarini  qiziqarli tajribalar o’tkazish orqali yig’ilganlarga namoyish qildilar. Bu tadbirlarni tashkil etishda  biologiya fani o’qituvchisi  F.Ahmadaliyeva,fizika fani o’qituvchisi S.Nazirova, kimyo fani o’qituvchisi D.Xalilova va laborantlar M.Norqulova  Z.Sarimsaqovalarning hissalari katta bo’ldi.Tabiiy fan oyligida jismoniy tarbiya fanining o’rni ham beqiyosdir. Fan oyligi davomida ushbu fandan ham ko’plab musobaqalar,bellashuvlar o’tkazildi.Jumladan,7-8-9-sinf qizlari o’rtasida volleybol ,boshlang’ich sinflar o’rtasida ”Quvnoq startlar” ,shaxmat bo’yicha maktab birinchiligi musobaqalari o’tkazildi. Musobaqalarda g’olib bo’lgan o’quvchilar faxriy yorliq va  estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.