O‘zbekiston tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida  o‘tkazilgan “Mahalla-mening taqdirimda” ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

O‘zbekiston tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining 2016 yil 11 apreldagi M-78-sonli buyrug‘iga xamda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi,  “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limi, tuman XTMFMTTEB, tuman Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” YOIH tuman kengashi va tuman OAVning qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “2016 yil-Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi asosida “Mahalla-mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab etilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog‘lom va ahil bo‘lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.

1 bosqich maktablarda xududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan xamkorlikda, bu bosqichda 420 dan ziyod maktab o‘quvchilari va 45 dan ziyod MFY ishtirok etdilar.

2 bosqich xududlarda: jumladan, 2, 3, 10, 20, 45-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘tkazildi. Bu bosqichda 280 dan ziyod o‘quvchilar ishtiroki ta’minlandi. Ko‘rik-tanlov 5 ta shart asosida tashkil etildi: tanishtiriuv, sahna ko‘rinishi (mahallaning jamiyatimizdagi o‘rni ochib berildi), erkin mavzu,  jamoaning “Mahalla-mening taqdirimda” mavzusida taqdimoti-slayd orqali va sardorlar bahsi (Sardorlarga uy vazifasi oldindan berib qo‘yilgan, ya’ni ular shu mavzuda ijodiy ish yozib kelishlari shart edi). Ushbu bosqichda 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 24, 25, 28. 29, 30, 31, 32, 33, 35, 36, 37, 38. 39, 40, 41, 42, 43, 45, 46. 47, 48, 49, 50, 51, 52, 56, 57. 58. 59, 61, 62, 63, 64, 66-maktab jamoalari qatnashdilar.

Ko‘rik-tanlovning 1-sharti bo‘yicha:  1, 3, 7, 19, 20, 24, 30, 48, 58, 59, 64

Ko‘rik-tanlovning 2-sharti bo‘yicha: 1, 7, 17, 19, 20, 21, 25, 30, 48, 49, 51, 59,

Ko‘rik-tanlovning 3-sharti bo‘yicha: 1, 4, 7, 11, 17, 19, 24, 28, 35, 45, 49, 51, 52, 58, 59, 61, 64

Ko‘rik-tanlovning 4-sharti byicha: 1, 7, 20, 21, 30, 33, 39, 48, 49, 64, 66

Ko‘rik-tanlovning 5-sharti byicha:  2, 3, 17, 20, 21, 32, 33, 37, 42, 48, 58, 61, 66-maktablarning chiqishlari va tayyorlab kelgan ijodiy ishlari namunali deb topildi.

Xudud bosqichi natijalariga asosan:

1-    o‘rinni-1, 20, 30, 48-maktablar

2-    o‘rinni-7, 17, 19, 21, 49, 58-maktablar

3-    o‘rinni-3, 24, 33, 35, 51, 59, 64-maktablar egalladilar.

2016 yil 18 may kuni ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi. Tuman bosqichida 1, 2, 3-shartlar bo‘yicha namunali deb topilgan o‘quvchilarning chiqishlari namoyish etildi. Ushbu bosqich xamkor tashkilotlar bilan o‘tkazildi.

 Ko‘rik-tanlov yakunida XTMFMTTE bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tuman bo‘limi va “Kamolot” YOIH tuman kengashi tomonidan tayyorlangan 1.205.650 so‘mlik estalik sovg‘alar barcha ishtirokchilarga topshirildi.

 

Ma’lumot tayyorlovchi:                                        Mo‘minova H.O.

                                                   Madraximova F.

 

 

 

 

 

 

   

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2016 yil  16 may kuni mamlakatimiz Mustaqilligining  25 yilligi munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati tomonidan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz ” shiori ostida yoshlar festivalining       “Siz sevgan qahramonlar” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv to‘g‘risida

MA’LUMOT

      Navqiron  avlodni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash katta axamiyatga ega.  YUrtimizning iqtidorli farzandlarini  har jihatdan qo‘llab –quvvatlash, ularni xar jabxada erishayotgan yutuqlarini rag‘batlantirish, navqiron avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, sadoqat ruxida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan mazkur tadbirga umumta’lim maktab o‘quvchilar keng jalb qilindi. Festival doirasida o‘tkazilgan tadbirga  tashrif buyurgan madaniyat va san’at vakillari, yosh olimlar, sportchilar xamda shoirlar qatnashdi.                                                                

       Ishtirokchilar “Siz sevgan qahramonlar” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, xonandalar Aziz Rajabiy va Sayyorai  Jaxon, jurnalist va shoir Nodir Jonuzoq bilan dildan muloqot olib bordilar. Umumta’lim maktab o‘quvchilari dildan muloqot olib bordilar. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Xayajonli damlarga boy bayramona ruhda o‘tgan yig‘ilish yoshlarimiz, o‘quvchilarimiz qalbida katta iz qoldirdi. Ko‘zlarda quvonch, dillarda g‘urur bo‘lgan yoshlarning o‘ziga ularning aql zakovati, ma’naviy fazilatlariga jamiyat oldidagi burchi xamda ma’suliyatini chuqur anglab etishga mana shunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchrashuvlar va davra suhbatlari mustahkam omil bo‘lib hizmat qiladi.

 

     Ma’lumot tayyorladi:           B. SHamsiddinov

         

 O’zbekiston  tumaninining xalq ta’limi ta’sarrufidagi 36-umumiy o’rtata’lim maktabida o’tkazilgan “Праздник букваря  deb nomlangan tadbirdan olingan lavxalar.